She`riyat olami
Bosh sahifa
 

Bizni uchrashtirar bir kun tasodif,
O'shal tasodifni kutib yashayman,
Umrimning eng go'zal hush lahzalarin,
O`grinib ichimga yutib yashayman,
Soginchim sochimga insa ham qirov.
Men sabrim kosasin tutaveraman,
Sabrim etgunicha ,etguncha umrim,
O`'shal tasodifni kutaveraman!!!

Dartkashim qalam

G`amdan qalam tutdim qo`limga
Shuldir mening yolg`iz panohim
Ul malxamdir dardi-dilimga
U sababli gulgun nigohim….

G`am sababin ne deb so`rsalar
Tomchi yoshim bo`ladi javob
Bazan meni shodon ko`rsalar
Tabassumim bu asli sarob

Asli baxt ne bilmayman buni
Xatto uni sezmadim bir bor
Ayting ne deb ko`taray dilni
Yoki baxtdan bo`lmay umidvor

Devona xam baxtliroq mendan
Na g`ami bor na bir tashvishi
Yolg`iz qalam aziz xammadan
Ul xushnid etadi dardu dilimni


Taqdir
Ey taqdir bunchalar sitamlaring ko`p
O`tdan olib sovuq suvga solursan
Ming chigal junbog`u xatolaring ko`p
Qaysi gunohim-chun qasding olursan

Bardoshim kun sayin so`nib bormoqda
Madorim qolmadi sinovlaringa
Ko`ngilni xazonlar ko`mib bormoqda
Na tuyg`u, qolar so`rovlaringa

Sarxisob
Kimga atalganin bilmasdim ammo
Ishqing ulkan edi, ko`ngil kimsasiz
Olov edi ishqing mexrim bir ummon
Oftob nuridayin cheksiz adoqsiz
Mushtog`u zor ishqing, mushtipar ishqim
Munosib bir ko`ngil topmasdan o`chdi
Ishqsiz qasrlarni etmasdan makon
Toshga aylandiyu ko`nglimdan ko`chdi

Kimga atalganin bilmasdim ammo
Ishqim ulkan edi ko`ngil kimsasiz


Yuragim ayt senga ne bo`ldi
O`zligingni qo`yding yo`qotib
Kechalari raxm qilmasdan
Yubordingku meni uyg`otib
Hayollarim yo parishonmi?
Aytgin bu xol ishqdon nishona
Chamanlarda sabo yelyapti
Yuragimga mexr to`lyapti
Vujudimda ajib xayajon
Anglolmayman nelar bo`lyapti.

O`zim haqimda
Sherlarim
Fotogaleriya
Pazandachilik
Mening do`stlarim
Mehmonxona





















































feruzaaryuragim@mail.ru
Hosted by uCoz